Tomonlar ispaniyalik futbolchining 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasi borasida kelishuvga erishishdi.
Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. "To'pchilar" 24 yoshli o'yinchining butun maoshini to'lashadi.
Sebalos o'tgan mavsum APL doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan edi.