"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Serxio Regilonga taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi AS nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor. Shuningdek himoyachiga "Yuventus" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "Manchester Yunayted" va "Sevilya" futbolchiga asosiy da'vogar hisoblanmoqda.
Ma'lumot uchun, Regilon 2019/20 yilgi mavsumni "Sevilya"da ijarada o'tkazdi va 38 uchrashuvda 3 gol va 5 gollik uzatma amalga oshirdi.