«Monako» klubi hujumchi Kilian Mbappeni osonlikcha qo'yib yubormaydi.
Klub vitse-prezidenti Vadim Vasilev xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchining narxi 200 mln evroni tashkil qiladi. Bu puldan voz kechishga rozi bo'lgan klublar o'z taklifini yuborishi mumkin.
Mbappe bilan ayni paytda «Real», «Manchester Siti», «PSJ» va «Barselona» qiziqmoqda. Biroq bu klublar Mbappe uchun bunday katta narxni to'lamasa kerak.
Eslatib o'tamiz, dastlab "Monako" Mbappening narxi 100 mln evro ekanini e'lon qildi. Keyinchalik bu narx 150 va 190 mln evroga ko'tarilgan edi.