«Real» hujumchisi Garet Beyl klubdagi faoliyati borasida to'xtalib o'tdi.
«Agar Angliya Premer-ligasi klublari tomonidan taklif tushsa, men ularni albatta ko'rib chiqaman. Ko'ramiz, transfer oynasi yopilishiga hali ko'p vaqt bor. Buni vaqt ko'rsatadi, ammo, gap shundaki, qaror qabul qilish «Real»ning qo'lida.
Men o'tgan yili jamoadan ketishni istagandim, ammo ular so'nggi soniyada ketishimga to'sqinlik qilishdi. Bu ajoyib loyiha edi, ammo u amalga oshmadi. Boshqa jamoalarga o'tish uchun imkoniyatlar bor edi, ammo klub bunga imkon bermadi. Hammasi klubga bog'liq. Men futbol o'ynashni istayman. To'p tepish uchun menda hali motivatsiya bor. Ammo barchasini klub nazorat qilmoqda. Mening shartnomam mavjud.
Bor-yo'g'i 31 yoshdaman. Lekin hali yaxshi formada ekanimni his qilyapman. Klub bera oladigan narsam bor. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan. Barchasi klub qo'lida. Lekin ochig'ini aytsam, ular vaziyatni chigallashtirishmoqda», — dedi Beyl "Sky Sports"ga bergan intervyusida.