Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino 2012 yilda «Real»ni tark etmoqchi bo'lganida, klub rahbariyati uni qo'yib yuborishga shoshilmaganini aytdi.
«Men ishning eng qiyin qismini bajarib bo'lgan edim. Ammo rahbariyat meni saqlab qolishga harakat qildi. Hech kim mening ketishimni istamadi. Shundan so'ng, rahbarlarga yolvorishga majbur bo'ldim» - dedi Joze Mourino.