"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2017 yil yozida otalik baxtiga yana bir bor muyassar bo'ldi.
Dastlab u surrogat onadan tug'ilgan ikki nafar farzandga ega bo'ldi. Keyin esa qallig'i Jorjina Rodrigesning homilador ekani aniqlandi. Biroq, bu bilan portugaliyalik yulduz to'xtab qolmoqchi emas. Birinchi farzandi Krishtianino esa ukalarining ko'p bo'lishini istamoqda.
"Krishtianino oilamizda 7 nafar farzand bo'lishini istamoqda, sehrli raqam. O'ylaymanki, bu yaxshi g'oya" - dedi KriRo TrackGist xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning Krishtianino, Eva va Mateu ismli farzandlari mavjud. Futbolchi "Real"da 7-raqam ostida to'p suradi.