«Real» klubi rahbariyati «Everton»ga o'tishi kutilayotgan Xames Rodrigesga transferni rasmiylashtirib olish uchun ikki kun vaqt berdi. Bu vaqt davomida futbolchi jamoa mashg'ulotidan ozod etildi.
Kolumbiyalik futbolchi payshanba kunigacha "Everton" a'zosiga aylanmasa, u juma kuni "Qirollik klubi" mashg'ulotida ishtirok etishi kerak bo'ladi.
«Madrid» Xames uchun 25 million evro so'rayotgan bo'lsa, «Everton» 20 million taklif qilmoqda. Shu bois, muzokaralar davom etmoqda.