Yarim himoyachi Luka Modrichning «Real» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Lekin xorvatiyalik futbolchi kamida yana 2 yil to'p tepmoqchi.
Modrich keyingi yilning yozida "Madrid" bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirmoqchi.
«Oltin to'p» sohibi Covid-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, o'z sport formasini yaxshilab olishga harakat qildi. Bu orqali esa Luka "Real"ning muhim a'zosi bo'lib qolishni istamoqda.