"Qirollik klubi" himoyachisi Xesus Valexo RealMadrid TV xodimlariga intervyu berib o'tdi.
"Taqdimot marosimida aytib o'tganimdek men bu jamoa libosini kiyganimdan faxrlanaman va o'zimda ma'sulyat xis qilaman. Jamoada debyut qilganimdan xursandman garcha natija qoniqarli bo'lmagan bo'lsada. Zidan menga va mening yoshlar terma jamoasidagi do'stlarimga biz o'z futbolimizni namoyish qilishimiz va o'zimizga bo'lgan ishonchni saqlab qolishimiz kerakligi aytdi. "El Klassiko" har doim muhim ahamiyat kasb etgan. Men jamoadoshlarimga yordam berishni sabrsizlik bilan kutdim va uchrashuvlarda bor kuchim bilan harakat qilaman, agarda murabbiy menga ishonch bildirsa." - deya fikrini bildiradi Valexo ertalabki mashg'ulotlardan so'ng.