"Sevilya" rasman "Real" yarim himoyachisi Oskar Rodriges bilan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumni havbek "Leganes"da ijarada o'tkazgan edi. U o'tgan mavsum 9ta gol urishga erishgan, biroq "qirollik klubi"da unga joy topilmadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Sevilya" 22 yoshli futbolchi uchun 13,5 million evro to'lagan. Oskar faoliyati davomida "Real"da bor yo'g'i 1 marta maydonga tushgan.