«Real» erta-indin yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Ammo madridliklar bosh murabbiyi Zayniddin Zidan yig'inni to'liq tarkib bilan boshlay olmaydi.
Jamoaning 13 nafar a'zosi o'z milliy terma jamoalari safida UEFA millatlar ligasi uchrashuvlarida ishtirok etishadi. Natijada Zidan asosiy tarkibning 12 nafar a'zosi bilan mashg'ulot o'tkazadi. UEFA yoshlar ligasida g'olib chiqqan "Kastilya"ning 10 nafar a'zosi asosiy jamoa yig'iniga jalb qilinadi.
Bundan tashqari, Martin Edegor tizzasidan olgan jarohatidan endi sog'ayayotgani uchun mashg'ulotlarda ishtirok etishi noma'lum bo'lib turibdi.