Kataloniyaning "Barselona" klubi "Monako" hujumchisi Kilian Mbappedan voz kechmoqchi emas.
Kataloniyaliklar 18 yoshli forvard borasida knyazliklar rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazishgan. Hozirda "Barsa" Mbappeni Neymar o'rniga nomzod sifatida qaramoqda. Uchrashuvda "ko'k-anorrang"lilar Mbappega muntazam asosiy tarkibdan joy naqt ekanligiga kafolat berishganligini aytishgan.