“Primeroda “Barselona” singari jamoaning bo'lishi judayam muhim. Bu “Real” uchun eng jiddiy raqib. Har ikkala jamoaning o'zaro raqobati, to'qnashuvi ularni yanada kuchliroq qiladi. Ilgari Messi va Ronaldu o'rtasida kurash kechardi. Ular “Barselona” va “Real” safida to'p tepib, dunyoning eng kuchli futbolchisiga aylanishdi. Aynan ushbu qarama-qarshilik ularni ko'proq sovrin yutishga, bir biridan ustunroq bo'lishga harakat qilishiga zamin yaratdi.
Klublar doimo sovrinlar uchun kurashishadi. SHunday bo'lishi ham kerak. Ayni paytda “Barselona” qiyin davrni boshidan kechirmoqda. Nazariy jihatdan olib qaraganda, raqibingning kuchsizlanishi, qiyinchilikni boshidan kechirishi sen uchun qaysidir manoda yaxshi. Ammo bunday vaziyatda emas. “Barselona” katta klub va u “Real” uchun dushman emas. Biz klub rahbariyati bilan doim do'stona munosabatda bo'lib kelganmiz. “Barselona”dagi hozirgi vaziyat “Real” uchun yomon yangilik”, deya Kalderonning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.