"Sevilya" yarim himoyachi Oskar Rodrigesni sotib olish bo'yicha "Real" bilan muzokaralarga kirishishga tayyor, deya xabar beradi Marca.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi so'nggi ikki mavsumni "Leganes"da ijara asosida o'tkazdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Real" futbolchini sotish masalasini ko'rib chiqishga tayyor, chunki klub moliyaviy ahvolni yaxshilash maqsadida tarkibni yangilashni maqsad qilgan.