«Real»ning 28 yoshli himoyachisi Dani Karvaxal jamoadoshlari haqida fikr bildirdi.
«Real»da do'st topish qiyin. Men «Bayer»ga o'tganimda, u erda futbolchilarning o'rtacha yoshi 23 atrofida edi. Shu bois, menga oson bo'lgandi. «Real»da esa barchaning o'z hayoti bor. Hamma mashg'ulotda ter to'kib ishlaydi. Shu bois, qolgan narsalarga vaqt yo'q», — dedi Karvaxal.