PSJ sobiq hujumchisi Edinson Kavani "Yuventus"ga o'tishdan bosh tortdi. Bu haqda Italiya matbuoti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Yuve" Kavaniga talkif bilan chiqqan edi, biroq hujumchi sobiq klubi "Napoli"ga bo'lgan muhabbati sababli "keksa sinoralar" safiga o'tishni xohlamadi.
Eslatib o'tamiz, Kavani hozirda erkin agent sanaladi. Uning xizmatiga "Roma", "Real" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirmoqda.