"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarga tayyor.
Futbolchi faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.
Avvalroq gollandiyalik futbolchiga "Real"dan qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi.
"Barselona" ham Van de Bekni sotib olishga tayyor, ammo futbolchi "Barsa"ga o'tmoqchi emas.
Ma'lumot o'rnida, Transfermarkt portali Van de Bekni 44 million evroga baholamoqda.