"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl o'z jamoasini almashtirish niyatida emas, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
Beyl "Qirollik klubi"da qolib va jamoa g'alabalariga xissa qo'shishni xohlaydi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z navbatida futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas. OAV xabariga ko'ra esa klubga "Monako"dan Kilian Mbappe kelsa, BBC tirosidan kimdir ketishi mumkinligini aytib o'tishgan edi. Ammo kechagi uchrashuvdan so'ng murabbiy Zinedin Zidan bergan intervyusida "Real"da Ronaldu-Benzema-Beyl trisoini saqlab qolmoqchi ekanligini ta'kidlagan edi.