«PSJ» klubi sobiq hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "La Gazzetta Dello Sport" xabar tarqatdi.
Avvalroq 33 yoshli futbolchi «Benfika» bilan muzokara olib borib, bu klub bilan maosh borasida bir to'xtamga kela olmagan edi.
"Qirollik klubi" urugvaylik futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Tomonlar o'rtasida norasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Kavani «PSJ» bilan shartnomasi yakuniga etgani bois parijliklar safini erkin agent sifatida tark etdi.