Ispaniyalik himoyachi Alvaro Odriosola yakunlangan mavsumda naq 5ta sovrinni qo'lga kiritdi.
«Real» 24 yanvar kuni futbolchini «Bavariya»ga ijaraga berdi. Natijada, o'ng qanot himoyachisi myunxenliklar safida Bundesliga, Germaniya kubogi va Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Shuningdek, 24 yoshli futbolchi "Madrid"dagi ishtiroki uchun Ispaniya superkubogi hamda Ispaniya La ligasi medallariga ham ega bo'ldi.
Odriosola mavsum-2019/20da «Real» va «Bavariya» klublari safida bor-yo'g'i 10ta o'yinda ishtirok etib, maydonda umumiy hisobda 613 daqiqa harakat qildi. Lekin 5ta sovringa ega bo'ldi.