"Real" UEFA o'smirlar ligasi yarim final bosqichida "RB Zaltsburg" ustidan g'alaba qozondi.
Madridlik o'smirlarning birinchi bo'limdagi ikkita goliga raqib ikkinchi bo'limda bir marta javob qaytardi.
Madridliklar 25 avgust kuni bo'ladigan finalda "Benfika" bilan to'qnash kelishadi. Portugaliyaliklar yarim finalda "Ayaks"ni 3:0 hisobida mag'lub etishdi.
UEFA o'smirlar ligasi. Yarim final
"Zaltsburg" - "Real" 1:2
Gollar: Latasa, 4 - 0:1, Guterres, 32 - 0:2, Suchich (pen), 50 - 1:2
"Benfika" - "Ayaks" 3:0
Gollar: Araujo, 42 - 1:0, Embalo, 75 - 2:0, Dantas (pen), 79 - 3:0