Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fotomac nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, kolumbiyalik havbek xizmatiga "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Real" futbolchidan iloji boricha tezroq qutilmoqchi. Avvalroq, uning xizmatiga PSJ va "Everton" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.