Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klinsmann yarim himoyachi Garet Beyl "Real"dan ketishi kerak, deb hisoblamoqda. U futbolchi Madridda vaqt yo'qotayotganini ta'kidladi.
"Vaqt o'tmoqda va siz shunchaki isrof qilolmaysiz. Zaxirada o'tirish – futbolchi uchun eng yomon jazo. Har bir futbolchi uchun eng muhimi - maydonda o'ynash.
O'zingiz uchun munosib miqdordagi pulni xohlamoqchi bo'lganingizda, siz qimor o'yinchisiga aylanasiz. Ammo bu maqsadga erishilgandan so'ng, faqat bitta muhim narsa qoladi – gollar urish va o'z shaxsiy rekordingizni yaratish. 30 yoshdan oshganingizda esa karerangizni tugatib, shunday deyishni xohlaysiz: «Mening martabamga qarang, men turli xil musobaqalarda mana bunday jamoalarga mana bunday gollar urishga muvaffaq bo'ldim.
Endi pulning ahamiyati yo'q. Garet hozirda qabul qilishi kerak bo'lgan qarorga pul ta'sir qilmaydi. Ammo buning shaxsiy jihatlari bor. Oilaviy sharoit va turmush tarzini hisobga olish kerak.
"Tottenxem" muxlisi sifatida uning "shporlar" safiga qaytishini istardim", deydi Klinsmann.