«Real» hujumchisi Luka Yovich yakunlangan mavsumda o'zini ko'rsata olmadi. Shuning bois u jamoani tark etishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqaldi.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" yozgi transfer paytida yangi hujumchi xarid qilmaydi. Shuning uchun uchun serbiyalik futbolchi "Madrid" safida yana bir imkoniyatga ega bo'ladi. Aks holda Yovich keyingi transfer oynalarida sotib yuborilishi mumkin.
Luka Yovich mavsum-2019/2020da La liga doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.