"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real" vingeri Garet Beylni "shporlar" safiga qaytiga ko'ndirmoqchi. Bu haqda El Espanol yozmoqda.
Beyl "Real" safida deyarli maydonga tushmayapti, biroq futbolchi "qaymoqranglilar"ni tark etmoqchi emas. Beyl "Real"da yiliga 15 million evro maosh oladi.
Mourino Beylni avvalgi formasiga qaytarishiga ishonmoqda. Garetning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.