«Bavariya» yarim himoyachisi Serj Gnabri «Lion»ga qarshi uchrashuvda 2ta gol urgan bo'lsa, Robert Levandovski bitta golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, joriy mavsumda polshalik futbolchining musobaqadagi gollari 15taga, germaniyalik o'yinchining gollari 9taga etdi. Birgalikda ular EChL doirasida 24ta to'p kiritishdi.
Bu musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Avvalgi rekord «Real» o'yinchilari tomonidan o'rnatilgan bo'lib, 2013/14 yilgi mavsumda Krishtianu Ronaldu (17 gol) va Garet Beyl (6 gol) juftligi birgalikda 23ta gol muallifiga aylanishgan edi.