«Real» uchun Beyl kundalik mavzulardan biriga aylanib qolgan. Zidan uelslik futbolchiga ishonch bildirmayotgan bo'lsa, Garetning o'zi klubni tark etishni istamayapti.
Beyl 2019 yilning iyul oyida Xitoy klubiga o'tishi mumkin edi, ammo "Real" ushbu transferga to'sqinlik qilgani futbolchining agenti Jonatan Barnettning jahlini chiqardi.
Shu bois, endi "qaymoqranglilar" Garetni sotishdan manfaatdor bo'lsa-da, agent boshqa klublardan tushgan takliflarni muhokama qilmaslikka qaror qildi. Katta ehtimol bilan Beyl shartnomasining oxiriga qadar yana 2 yil davomida "Real" safida qoladi.