"Bavariya" yangi futbolchisi Xames Rodriges rafiqasi bilan ajrashdi. Bu haqda futbolchining turmush o'rtog'i — Daniela Ospina o'zining Instagramdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.
Ushbu juftlik 6 yil davomida birga yashab, Salomeya ismli qizni tarbiyalab kelishayotgandi. Ular o'zaro kelishgan holda er-xotinlik munosabatlariga chek qo'yishgan va do'stona aloqalarni saqlab qolishga kelishib olishgan. Daniela Kolumbiyaga qaytib, o'zining kiyimlar bilan bog'liq biznesini davom ettiradi.
Ma'lumot uchun. Xamesning turmush o'rtog'i — "Arsenal" darvozaboni David Ospinaning singlisi.