Huquqiy jihatdan Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan Serxio Regilon Evropa Ligasi finalidan so'ng, 22 avgust kuni «Sevilya» klubidagi faoliyatini yakunlab, «Real» ixtiyoriga qaytib keladi.
Biroq, El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 23 yoshli futbolchi Ispaniyaning amaldagi chempioni tarkibida uzoq ushlab turilmaydi.
«Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Regilonni kelasi mavsumda o'z jamoasida ko'rmayotganini rahbariyatga etkazgan va uni sotib yuborilishiga qarshi emasligini bildirgan.
2019/20 yilgi mavsumda Regilon 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta golga mualliflik qildi hamda 5 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer bahosi 25 million evro baholanmoqda.