"Lacio" direktori Igli Tari David Silva borasida rasmiy bayonot berdi va bu klub rasmiy saytida chiqdi.
"Men David Silvaning "Real Sosedad"ga o'tganini bildim. Uni futbolchi sifatida juda ham hurmat qilaman, ammo inson sifatida emas", - deydi Tare.
Futbolchi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha rimliklar bilan kelishuvga erishgan. Klub esa unga 3 yillik shartnoma, 4 millionlik maosh, bonuslar sifatida esa shaxsiy haydovchi va samolyot ko'rinishidagi bonuslar ko'rsatishga tayyor bo'lgan.
Silva esa 10 yil to'p tepgan "Manchester Siti" bilan xayrlashishga vaqt olgan. Xavbek bu vaqt davomida Rimdan bo'lgan qo'ng'iroqlarga javob bermagan va Ispaniyaga qaytishni xohlab "Real Sosedad" bilan shartnoma imzolagan.