"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Chempionlar Ligasi finalidagi raqibidan qoniqish xosil qilmoqda.
"Men "Real"ga qarshi finalda to'qnash kelganimizdan xursandman, "Atletiko"ga qaraganda. Simeone jamoasi chuqur himoyaviy jamoa. Lekin biz "Real" haqida juda yaxshi ma'lumotga egamiz, ular kuchli raqib va amaldagi chempion. Agar biz finalda g'olib bo'lmoqchi bo'lsak boshimizni aniq bir narsaga yo'naltirib, to'g'ri motivatsiya berishimiz kerak. Biz mavsumdagi barcha turnirlarni yutishni xohlaymiz: oldin skudetto, keyin Italiya Kubogi va Kardiffga yo'l olib Chempionlar Ligasini." - deydi Bonuchchi JTV (Juventus TV) bergan intervyusida.