«Real» yarim himoyachisi Reyner 2020/21 yilgi mavsumni ijarada o'tkazishi mumkin. 18 yoshli braziliyalik futbolchiga Dortmundning «Borussiya» klubi qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi "As" nashri.
Madridliklarning rejasiga ko'ra, Reyner keyingi mavsumni "Qirollik klubi" safida o'tkazishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli 2019/20 yilgi mavsum taqvimida yuz bergan o'zgarishlar natijasida futbolchi "qaymoqranglilar" tizimiga to'la moslashib keta olmadi. U «Kastilya» safida 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Shu bois, «Real» Reynerni ambitsiyasi yuqori klubga ijaraga berib, uning mahoratini o'sishini ta'minlamoqchi. «Borussiya»dan tashqari braziliyalik futbolchiga «Bayer» va «Real Sosedad» klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, madridliklar Reynerni «Flamengo»dan 30 mln evroga xarid qilishgan edi.