Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning moliyaviy ahvoli kutilganidan og'irroq

«Real» klubining moliyaviy ahvoli kutilganidan-da og'irroq, deya xabar tarqatdi Ispaniyaning "Sport" nashri.

.
- Yuklab olish

«Real» klubining moliyaviy ahvoli kutilganidan-da og'irroq, deya xabar tarqatdi Ispaniyaning "Sport" nashri. Shu bois, klub futbolchilarning maoshini yana qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Birinchidan, klubda «Santyago Bernabeu» stadioni rekonstruktsiyasining qachon yakunlanishi haqida aniq ma'lumot yo'q. Bundan tashqari, tomoshabinlarning stadionga kiritilishi borasida hozircha aniq gap aytish qiyin.

Ikkinchidan, klubning ikki asosiy homiysi — "Fly Emirates" va "Adidas" kompaniyalari shartnomada ko'rsatilgan summani to'lay olmasliklarini ma'lum qilishdi. Amirlik aviakompaniyasi «Madrid»ga har yili 40 million evro to'layotgan bo'lsa, "Qirollik klubi" texnik homiy hisoblangan forma ishlab chiqaruvchi kompaniyadan bir mavsumda 110 million evro olayotgan edi. Ammo 2020 yilda to'lovlar miqdori kamaytiriladi.

"Real" futbolchilari bunday bir necha oy ilgari 2020/21 yilgi mavsumda maoshlarning 10 foizga kamaytirilishiga rozi bo'lishgan edi. Rahbariyat maoshlarni yana 10%ga qisqartirib, umumiy kamaytirish miqdorini 20 foizga etkazmoqchi.

«Real» yozda yangi futbolchi sotib olmasligi aniq bo'lib ulgurdi. Aksincha, klub ortiqcha o'yinchilarni sotish yoki ijaraga berish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

BestMaster
14 Avgust 2020, 23:30
«real»ning, moliyaviy, ahvoli, kutilganidan, ogirroq,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads