Le10Sport nashrining xabariga ko'ra, "Real Madrid" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini PSJda davom ettiradi.
Xamesning agenti Jorje Mendesh parijliklar rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. PSJ havbek uchun 35 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Xames yakunlangan mavsumda La Ligada bor yo'g'i 8ta o'yinda maydonga tushib, o'z nomiga 1ta gol va 1ta golli pas yozdirib qo'ydi.