«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala yakunlangan mavsumda Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi hujumchilar orasida uzatmalari aniqligi bo'yicha etakchiga aylandi.
"Who Scored" tarqatgan xabarga ko'ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi Italiya chempionatining joriy mavsumida bergan paslarining 88,1 foizi aniq bo'ldi.
Bu borada ikkinchi pog'onani «Manchester Siti» hujumchisi Gabriel Jezus egalladi — 86,5%. Kuchli uchlikka esa «Real» forvardi Karim Benzema kirdi — 86,2%.