La liganing 2020/2021 yilgi mavsumi boshlanishi oldidan "Real "darvozaboni Tibo Kurtua o'ziga yangi raqam tanladi. Belgiyalik posbon "13"dan voz kechib, 1-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi.
E'tiborli tomoni shundaki, Kurtua «Atletiko» va «Chelsi»da aynan 13-raqamda faoliyat yuritgan edi. Belgiya terma jamoasidagi 1-raqam esa aynan Tiboga tegishli.
"Madrid" safida yakunlangan mavsumda 1-raqam Alfons Areolyaga tegishli bo'ldi. Ijara muddati yakunlanganidan keyin u "PSJ"ga qaytib ketdi.
Yangi mavsumda Kurtuaga 21 yoshli Andrey Lunin o'rinbosar bo'lishi kutilmoqda.