Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, "Yuventus" va hujumchi Pauolo Dibala o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi.
Dibala turinliklar rahbariyatida yiliga 15 million evro maosh so'radi. "Keksa sinoralar" esa hujumchiga bonuslardan tashqari 8 million evro maosh berishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, moliyaviy inqiroz turinliklarning balansiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Klub futbolchilarni sotish haqida o'ylamoqda. Dibalaga "Real" jiddiy qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.