"Real" yarim himoyachi Martin Edegorning "Real Sosedad"dagi ijarasini muddatidan oldin tugatdi. Bu haqda "Sosedad" matbuot xizmati xabar berdi.
Endi Edegor 2020/2021 yilgi mavsumda "Santyago Bernabeu"da o'z o'rnini topishga urinib ko'radi. Zidan uni Modrichning o'rnida o'ynatmoqchi.
Edegor yakunlangan mavsumda "Real Sosedad" safida 31 ta o'yin o'tkazgan. 21 yoshli yarim himoyachi 4 ta gol urgan va 7 ta assistni amalga oshirgan.