27 yoshli darvozabon Alfons Areolya Madridning "Real" klubini tark etdi. Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati yozmoda.
Ma'lumot uchun, Areolya 2019/20 yilgi mavsumni "qaymoqranglilar" safida ijarada o'tkazdi. Uning transfer huquqi PSJga tegishli.
Eslatib o'tamiz, yakunlangan mavsumda darvozabon 9ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol o'tkazib yubordi. Uning hisobida 3ta quruq o'yin bor.