Yakunlangan mavsumni "Real" safida ijara asosida o'tkazgan darvozabon Alfons Areola klubni tark etdi. 27 yoshli posbon "PSJ" safiga borib qo'shildi.
Areola 2019 yilning sentyabr oyida «Pari Sen-Jermen»dan «Real» safiga o'tgan edi. Frantsiyalik darvozabon 2019/20 yilgi mavsumda 11ta o'yinda madridliklar darvozasiga qo'riqladi. Uning «PSJ» bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.