Kataloniya klubi Neymarning «PSJ»ga o'tib ketish variantini ehtimoldan holi deb hisoblamayapti.
«Barselona» rahbariyati etakchisidan ayriladigan bo'lsa, uning o'rniga «Monako» iqtidori Kilian Mbappeni xarid qilishni rejalashtirmoqda. Ma'lumki, Neymarning tovon puli 222 mln evroga teng. Agar «PSJ» bu narxni to'lashga rozi bo'lsa, «Barsa» 190 mln evroga Mbappeni qo'lga kiritishi mumkin.
Le Parisien xabariga ko'ra, bosh murabbiy Ernesto Valverde rahbariyatdan Mbappe transferi ustida ish boshlashni so'ragan.