«Real» yarim himoyachisi Martin Edegor kelasi mavsumda jamoada qolishi mumkin. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Futbolchi iyul oyida «Real Sosedad»dan Madridga qaytgan edi. Klublar o'tgan yili futbolchini bir yillik ijara shartnomasini imzolab, uni yana 1 yilga uzaytirish mumkinligi haqida kelishib olishgan edi. Ammo "Qirollik klubi" norvegiyalik futbolchini bu safar qo'yib yubormoqchi emas.
«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan yarim himoyachining jamoada qolishini istamoqda.
Edegor yakunlangan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 36ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 9ta assistni amalga oshirdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.