Germaniyaning "Leyptsig" klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann haqiqatdan ham Madridning "Real" klubidan taklif olganini tan oldi.
«2018 yili men haqiqatdan ham «Real»ni boshqarishim haqida muhokama qildim. Menga Madriddan qo'ng'iroq qilishdi, lekin, garchi, qulay taklif bo'lgan bo'lishiga qaramay, rad javob berishga qaror qilganman. Chunki, «Bernabeu»ga yo'l olishimiz mening faoliyatimdagi to'g'ri qadam bo'lmasligi mumkin deb o'ylaganman.
O'shanda «Qirollik klubi»ni boshqarishi mumkin bo'lgan nomzodlar ro'yxatining eng yuqori o'rinlaridan birida edim. O'shanda klubimiz rahbariyati "Real" klubiga o'tsam va muvaffaqiyatsizlikka uchrab, ishdan ketadigan bo'lsam, yana jamoamga qaytishim mumkinligini haqida aytishgandi», — dedi Yulian Nagelsmann.