Madridning «Real» klubi futbolchisi Serxio Regilonga Italiyaning «Napoli» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo yaqin vaqtlar ichida klub prezidenti Aurelio De Laurentis bilan uchrashadi va mana shu transfen haqida muzokara olib bormoqchi.
Regilon 2019/20 yilgi mavsumni Ispaniyaning «Sevilya» klubida ijara asosida o'tkazgandi.
Regilonning «Real» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. «Qaymoqranglar» o'z futbolchisini sotish niyatida. Regilonga «Napoli»dan tashqari, «Everton» va «Chelsi» klublari ham qiziqmoqda.