Madridning «Real» klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderonning fikricha, «Qirollik klubi» Garet Beylni ijaraga berib yuborishi kerak deb hisoblaydi. Uelslik futbolchi asosiy tarkibda aytarli maydonga tushmayatpi, shu bilan birga "Real" Beylning maoshini to'lab bera oladigan jamoa topa olmayapti.
«O'ylaymanki, "Real" Beylni ijaraga berib, maoshini bir qismini to'lab bersa, ajablanarli hol bo'lmaydi. Bunday futbolchini tribunada futbol tomosha qilib o'tirganini ko'rish - alamli. U o'zining yaxshi fazilatlarini yo'qotmaganiga ishonaman va yuqori saviyadagi futbol namoyish eta oladi deb hisoblayman», - dedi Kalderon.