«Real» hujumchisi Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkin.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, 20 yoshli futbolchi "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan berayotgan o'yin amaliyotidan qoniqish hosil qilmayapti. Futbolchi koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq tanaffus paytida o'z ustida jiddiy ishladi. Ammo restartdan keyin o'tkazilgan 12ta uchrashuvning 4tasida braziliyalik futbolchi asosiy tarkibga kiritildi. «Manchester Siti»ga qarshi EChL bahsida esa zaxirada qoldi.
Manbaga ko'ra, Vinisius bilan bog'liq vaziyatni «PSJ» diqqat bilan kuzatmoqda. Parijliklar sport direktori Leonardo uni Frantsiya chempionatiga olib o'tmoqchi.