«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o'yindan (1:2) so'ng iste'foga chiqishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi va jamoasining o'tgan mavsumdagi natijasidan g'ururlanishi haqida gapirdi.
"Men shu erdaman va g'ayrioddiy nimadir sodir bo'lguniga qadar «Real» murabbiyi bo'lib qolaveraman. Bo'lmag'ur gaplarni o'ylab topish shart emas. Men «Real» murabbiyiman, shu bilan gap tamom. Bu borada boshqa savollarga hojat yo'q. Endi barchamiz dam olishimiz va yana bir ajoyib mavsumga tayyorlanishimiz kerak.
O'tgan mavsum bilan faxrlanishimiz kerak. Men erishgan yutuqlarimiz bilan g'ururlanaman. Albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchragach, xursand bo'lolmaymiz. Futbolchilar ham natijadan ranjigan, ammo biz ajoyib mavsum o'tkazganimizdan g'ururlanishimiz kerak.
Futbolchilar maydonda borini berdi, menimcha, muhimi shu. Bizga nimadir etishmadi, hozircha bu nimaligini bilmayman", -dedi murabbiy.