«Real» sardori Serxio Ramos jamoasining Evropa chempionlar ligasidan chiqib ketganiga o'z munosabatini bildirdi.
«Juda g'alati mavsum yakunlandi va u achchiq ta'm qoldirdi. Ushbu yil biz uchun juda og'ir kechdi. Lekin biz — «Real Madrid». Shuning uchun barcha sovrinni qo'lga kiritishni istagan edik. Bunday qiyin pallada La ligada chempionlikni hamda qo'lga kiritilgan Ispaniya superkubogi sovrinini e'tirof etish kerak. Ammo Chempionlar ligasidan chiqib ketganimiz alamli bo'ldi: ko'prog'ini istagan edik.
Endi dam olamiz va keyingi mavsumda jang qilish maqsadida qaytamiz. Bu emblema va bu tarix shunga munosib. G'alaba qozonganimizda ham, mag'lubiyatga uchraganimizda ham doimo: «Xala Madrid». Masofadan turib bo'lsa-da qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deya yozdi Ramos instagram orqali.
Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos diskvalifikatsiya tufayli "Siti"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yubordi. Shunga qaramay, u "Etixad" stadioni tribunasida o'tirib, jamoadoshlarni qo'llab-quvvatladi.