Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida javob bahsida "Real"ni mag'lub etdi. "Shaharliklar" Madridda o'tkazilgan dastlabki o'yinda ham g'alaba qozonishgan edi.
Jurnalist Pedro Martin tarqatgan xabarga ko'ra, Gvardiola XXI asrda "Real" ustidan eng ko'p g'alaba qozongan murabbiy bo'lib turibdi. Ispaniyalik mutaxassis "Qirollik klubi"ga qarshi o'yinlarda 11 marta g'olib chiqqan. Shuningdek, uning jamoalari "Real"ga qarshi bahslarda 4ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etishgan.
Bu borada keyingi o'rinlarda Diego Simeone va Ernesto Valverde borishmoqda — 9 martadan g'alaba.
Eslatib o'tamiz, Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida "Siti"dan tashqari "Barselona" va "Bavariya" boshqaruvida ishlaganda ham "Real" bilan to'qnash kelgan.