UEFA kecha oqshom bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasidagi javob o'yinlarining eng yaxshi futbolchilari nomini ma'lum qildi.
«Yuventus» - «Lion» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi sifatida Krishtianu Ronaldu tan olindi. Portugaliyalik futbolchi mehmonlar darvozasini ikki marta ishg'ol qildi. Ammo turinliklar keyingi bosqichga chiqa olishmadi.
«Manchester Siti» va «Real» jamoalari o'rtasidagi bahsda esa ekspertlar eng yaxshi o'yinchi sifatida mankunianliklar himoyachisi Kayl Uokerni tanlashdi.